1

Fidyani kimlar beradi?

Hidoyat sari 19.05.2018, 11:51
Fidyani kimlar beradi?

Qarilik sababli umuman ro`za tutishga yaramaydigan, kundan-kunga jismonan zaiflashib borayotgan keksalar va surunkali kasal bo`lib, tuzalishiga umid bo`lmagan bemorlarga shariatimiz ro`za tutmasliklariga ruxsat beradi (“Bahrur roiq”).

Bular Ramazonning har bir kuni uchun fidya beradilar. Fidya miqdori O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati tomonidan milodiy 2018 yil (hijriy 1439 yil) uchun o`rtacha 12 000 (o`n ikki ming) so`m, deb belgilandi.
Ro`za tutishga yaraydigan qariyalarga esa ro`za tutish farz bo`ladi. Ro`za tutishga qodir bo`la turib fidya bersa, ro`za undan soqit bo`lmaydi va fidyasi o`z o`rniga tushmaydi.

Ma`lum vaqtlardan keyin tuzaladigan kasallikka chalingan shaxslarga ro`za tutish zarar qilsa, bularning ham ro`za tutmasliklariga shariatimiz ruxsat beradi. Ammo bular fidya bermaydilar, chunki qachondir tuzalishlariga umid bor. Tuzalganlaridan keyin qazo bo`lgan kunlarning ro`zasini tutib beradilar.

Fidya beruvchilar xohlasalar, fidyalarining hammasini bir qilib, Ramazon oyining boshida yoki oxirida berishlari mumkin (“Fatovoyi Hindiya”).

Fidya zakot olishi mumkin bo`lgan kishilarga beriladi.

Agar ular fidya berishganidan keyin quvvatga to`lib, ro`za tutishga kuchlari etadigan bo`lib qolishsa, tutmagan ro`zalarining qazosini tutishlari kerak (“Nihoya”).


O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1