"Shaytanat" seriali may kunidan boshlab efirga uzatilishi kerak edi...
O`zMTRKning xabar berishicha, serial ramazon oyidan so`ng efirga uzatiladi. Chunki, telekanal rahbariyati ro`za oyida ushbu serialni namoyish etishni lozim topmagan.
Eslatib o`tamiz, Yodgor Sa`diev rahbarligidagi "Qalqon" studiyasi tomonidan ishlangan bu film namoyishi boshlanganidan so`ng ko`p o`tmay to`xtab qolgan va buning sababi rasman izohlanmagan edi.