AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, telefon orqali muloqot O`zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilgan.

Muloqot davomida O`zbekiston Prezidentining 2017 yil aprel oyida Rossiyaga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish jarayonining borishi muhokama qilindi.

Xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashinuv jarayonida Shavkat Mirziyoev AQSh tashrifi taassurotlari bilan o`rtoqlashdi.

    Boshqa yangiliklar