AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida otinoyilar uchun bir xil libos joriy etiladi

'Toshkent shahrida otinoyilar uchun bir xil libos joriy etiladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining o`rinbosari – xotin-qizlar qo`mitasi raisi Dilbar Najmutdinovaning shahar otinoyilar bilan uchrashuvda ayollarning kiyinish madaniyati masalalari qizg`in muhokama qilindi.

“Yoshlarimizning moda ketidan ko`r-ko`rona quvishlari va yangi chiqqan tor, ochiq, kalta liboslarni moda deya e`tirof etishlari va bu turdagi kiyimlar, albatta, kiyilishi kerak, deb fikrlashlari ayni haqiqat. Bu kiyimlarning o`zbekona madaniyatimizga xos emasligini mahallalarda tushuntirishda otinoylarning o`rni katta”, dedi D.Najmutdinova.

Shuningdek, davra suhbatida otinoyilar uchun bir xil libos joriy etish, tanlash taklifi berildi. Bu taklifni barcha bir ovozdan qo`llab-quvvatladilar.

O`zA

    Boshqa yangiliklar