AsosiyDunyo

Makron futbol bo`yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun Rossiyaga keladi

'Makron futbol bo`yicha jahon chempionatini tomosha qilish uchun Rossiyaga keladi'ning rasmi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha jahon chempionati o`yinlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Mir24.tv.

«Rossiyada bo`lib o`tadigan JCh vaqtida terma jamoamizni qo`llab-quvvatlash uchun borishni rejalashtirmoqdaman. Musobaqaning boshidan borib qo`llab-quvvatlay olmasligim mumkin, ammo, agar terma jamoa final yo`llanmasini qo`lga kirita olsa, ularni qo`llab-quvvatlash uchun albatta boraman.

Tabiatan juda optimist odamman va shu boisdan ham bir necha haftadan so`ng terma jamoamizni qo`llab-quvvatlash uchun Rossiyaga boraman deb ayta olaman. Balki o`shanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko`rishishim mumkin bo`ladi», – degan Makron.

    Boshqa yangiliklar