«Mening fikrim» portalida Shavkat Mirziyoevga «O`zbekiston qahramoni» unvonini berish bo`yicha jamoaviy murojaatga 10 mingdan ortiq odam ovoz berdi. Belgilangan tartibga ko`ra, endi murojaat Oliy Majlis tomonidan ko`rib chiqiladi.
Ayni paytda tashabbusni qo`llab-quvvatlaganlar soni 10 610 kishini tashkil qilmoqda.
Avvalroq, avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to`plagani xabar qilingan edi.