“Xabar.uz”nashrining yozishicha, bugun, 25 may kuni poytaxtdagi Xo`ja Ahrori Valiy jome masjidi imom-xatibi juma namozidan so`ng jamoatdan bir oila haqiga alohida duo qilishni so`rab shunday dedi:
— Kuni kecha bo`lgan voqeani eshitib Yaratganning marhamati kengligiga yana bir karra iymon keltiramiz. Bir yurtdoshimiz oilasi bilan 16 yil farzand kutibdi. Shuncha yillik iltijolar ijobati bilan ahli ayoli birdaniga uch o`g`ilni dunyoga keltiribdi. Ularga Muhammada`lo, Muahammadali, Muhammadamin deb ism qo`yibdilar. Bizning oldimizga kelganiga sabab mana shu farzandlarining haqiga duo qilib qo`yishimizni so`radilar. Farzandlarning kichkinasi Muhammadamin nimjonroq tug`ilgani bois alohida davolanish kursini o`tayotgan ekan. Ota-onaga har bir farzand jondan aziz-da! Shu kichkina Muhammadamin uchun jamoatimizdan alohida duo so`radi. Duo qilamiz, shu uchala o`g`il bir-birlarini etaklab ulg`ayishsin va eliga, yurtiga, diniga xizmat qiladigan azamat yigitlar bo`lib voyaga etishsin.
O`z navbatida tahririyatimiz jamoasi ham bu duolar ijobatini tilab qoladi.