2018 yil 6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Fanlar Akademiyasining Olimlar uyida “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o`rtasida muloqotga yo`l” mavzusida II xalqaro kongress bo`lib o`tadi. Bu haqda loyiha axborot xizmati xabar berdi.



Bugun, 25 may kuni loyiha vakillari va unda ishtirok etadigan o`zbekistonlik bir qator olimlar, san`atshunoslar Sank-Peterburgda bo`lib o`tadigan kongress dasturi, unda muhokama qilinadigan mavzular, bo`lib o`tadigan taqdimot va ko`rgazmalar, xorij olimlari bilan loyiha bo`yicha olib boriladigan hamkorlikdagi ishlar haqida o`zaro fikr almashildi.






