AsosiyDunyo

AQSh avtomobillar import bojini oshiradi

'AQSh avtomobillar import bojini oshiradi'ning rasmi

“Euronews”ning ““Reuters"ga asoslanib yozishicha, Prezident Donald Tramp ma`muriyati milliy xavfsizlikni himoya qilish vaji bilan avtomobillar import bojini 25 foizga oshirishga tayyorgarlik ko`rmoqda.

Qayd etilishicha, ishlab chiqilayotgan yangi reja ba`zi biznes jamiyatlari, xususan AQShning chet ellik hamkor kompaniyalari, avtomobillar importi bilan shug`ullanuvchi riteylerlarning jiddiy e`tirozlariga sabab bo`lishi mumkin.

Avvalroq, Donall Tramp Tvitterda AQSh avtosanoatini katta yangiliklar kutayotganini ma`lum qilgan edi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning mart oyida AQSh po`lat va alyuminiyga yangi import bojlarini kiritdi. Ammo, ayrim davlatlar, xususan Evropa Ittifoqi iyun oyiga qadar yangi boj tartibidan ozod etilgan.

    Boshqa yangiliklar