Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida O`zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlari loyihasi e`lon qilindi.
Unga ko`ra, O`zbekiston 2030 yilga qadar:
— Yalpi ichki mahsulot ko`rsatkichlarini kishi boshiga ikki baravar oshirish;
— Mamlakat aholisini toza ichimlik suvi bilan to`liq qamrab olish;
— O`g`il-qizlarni to`liq maktabgacha ta`lim tizimiga qamrab olish;
— Yo`l-transport hodisalari oqibatida halok bo`lganlar va jarohatlanganlar sonini ikki baravarga qisqartirish;
— Energiya samaradorligining global ko`rsatkichlarini ikki baravarga oshirish;
— Erta va majburiy nikohga to`liq barham berishni rejalashtirmoqda.






