Qoraqalpog`istonning Qonliko`l tumanida konservalangan havo suveniri ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda kruz.uz xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Qonliko`l tuman “Qonliko`l” posyolka fuqarolar yig`ini hududida “Aydos Diyorbek” xususiy korxonasi tomonidan “Orol dengizi mintaqasi havosi” konservalangan suveniri ishlab chiqarilmoqda.
“Konserva qilingan havo – o`z ichiga turli xil hissiyotlarni to`plagan asl suvenir hisoblanadi. Suvenirni sotib olgan turist faqat konservadagi havoni emas, balki Qoraqalpog`iston, Orol dengizi hududlari haqidagi xotiralarini ham o`zi bilan birga olib ketadi”, - deyiladi xabarda.






