Nukus shahridagi "Yoshlar markazi"da yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi tomonidan maktabga uzoqdan qatnovchi ikki nafar bolaga velosiped topshirildi. Bu haqda kruz.uz xabar berdi.
Tadbirda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Dilnoza Kattaxonova va yoshlar ittifoqi Qoraqalpog`iston Respublikasi Kengashi raisi Abat Daniyarov so`zga chiqib, bolalarga velosipedlarni topshirishdi.
"Men maktabga 8 km uzoqlikdan qatnar edim. Yo`l uzoqligi bois ba`zida maktabga kech qolardim. Bugun menga velosiped sovg`a qilishganidan xursandman. Endi men darslarga kechikmay boraman", - deydi 30-sonli maktab o`quvchisi Janabaeva Nargiza.
O`quvchilarning ota-onalarining ta`kidlashicha ular farzandlari maktabga ketganida ancha havotir olib o`tishar ekan. Endi esa ular farzandlarining uzog`i yaqin bo`lganidan xursandlar.





at Yusupov






