AsosiyJamiyat

Changli bo`ron tufayli Urgenchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qo`nishga majbur bo`ldi

'Changli bo`ron tufayli Urgenchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qo`nishga majbur bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston havo yo`llarining “Toshkent – Urgench – Moskva” yo`nalishi bo`yicha yo`lga chiqgan samolyoti Buxoroda qo`nishga majbur bo`ldi, deb xabar qilmoqda komaniya matbuot xizmati.

Aviakompaniya xabariga ko`ra, bunga Urgench aeroporti hududida ko`tarilgan kuchli chang bo`roni sabab bo`lgan. Buxoro aeroportida 4,5 soat kutishdan so`ng samolyot o`z yo`nalishi bo`yicha harakatlanishni davom ettirgan.

Ushbu bo`ron sababli kompaniyaning “Toshkent – Urgench – Buxoro” yo`nalishida amalga oshirilayotgan 1051-sonli parvozi vaqtincha to`xtatildi. Samolyot Nukus aeroportiga qo`nishga majbur bo`ldi. 4,5 soatdan so`ng u yo`nalish bo`yicha parvozini davom ettirdi.

    Boshqa yangiliklar