AsosiyJamiyat

Kommunal to`lovlar bo`yicha kimlarga imtiyozlar beriladi?

'Kommunal to`lovlar bo`yicha kimlarga imtiyozlar beriladi?'ning rasmi

Prezidentning 2003 yil 27 martdagi Farmoniga asosan 2003 yilning 1 aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o`rniga eng kam ish haqi hisobidan tabaqalashtirilgan miqdorlarda oylik kompensasiya pul to`lovlari joriy etilgan. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.

Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to`lash bo`yicha kompensasiya pul to`lovlarining mexanizmi to`g`risidagi nizomga asosan kompensasiya to`lovlari quyidagilarga beriladi:

- 1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

- o`zgalar parvarishiga muhtoj yolg`iz pensionerlar;

- Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sosialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava» ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;

- fashist konslagerlarining sobiq voyaga etmagan mahbuslari;

- Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;

- ko`rish qobiliyati bo`yicha I guruh nogironlari;

- Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;

- yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob`ektlarida harbiy xizmatni o`tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

    Boshqa yangiliklar