AsosiyDunyo

Oyga to`rtinchi bo`lib qadam qo`ygan fazogir Alan Bin 86 yoshida vafot etdi

'Oyga to`rtinchi bo`lib qadam qo`ygan fazogir Alan Bin 86 yoshida vafot etdi'ning rasmi

NASA va fazogirning oila a`zolari Alan Binni shanba kuni vafot etgani haqida xabar berishgan.

Alan Bin 1969 yilda oyga parvoz etgan Apollon 12 kosmik kemasida fazogir bo`lgan. 1973 yilda esa AQShning birinchi Skylab fazoviy stansiyaga uchgan kosmik kemaga boshchilik qilgan.

U ushbu kosmik missiya davomida Er orbitasi bo`ylab 59 kun davomida parvoz qilib, 24.4 million km masofani bosib o`tgan. Bu o`sha paytda dunyo rekordi hisoblanar edi.

4063.jpg

Bin fazoda hammasi bo`lib 69 kun faoliyat olib borgan, shundan 31 soatini oyda o`tkazgan. Fazogirlar Alen Bin hamda Pit Konrad Apollon 12 da oy yuzasini tadqiq etish va tajribalar o`tkazish ishlarini olib borishgan.

    Boshqa yangiliklar