Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I. o`zini Chust tibbiyot kolleji fizika fani o`qituvchisi vazifasida ishlashini aytib, fuqaro Z.ning ishonchiga kirib, uni aldab, o`g`li Sh.ni to`lov kontrakti asosida tibbiyot kollejiga muassasa rahbarlari orqali o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, 1.500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro B. o`zini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti o`qituvchisi vazifasida ishlashini aytib, fuqaro F.ning ishonchiga kirib, uni aldab, o`g`li B.ni O`zbekiston milliy universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, 6000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Bosh prokuratura axborot xizmati xabariga ko`ra, ikkala holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






