AsosiyJamiyat

Namanganda an`anaviy gul bayrami bo`lib o`tmoqda (foto)

'Namanganda an`anaviy gul bayrami bo`lib o`tmoqda (foto)'ning rasmi

Kecha Namangan shahrida 58-gul bayrami tantanalari boshlandi. Ushbu bayram 1960 yildan buyon an`naviy tarzda o`tkazib kelinadi.

E`tirof etish joizki, 1960 yildan buyon an`naviy tarzda o`tkazib kelinayotgan nafosat va go`zallik tantanalariga bu yil o`zgacha tayyorgarlik ko`rildi.

Gul bayrami tarovati va fusunkorligidan erta tongdanoq shahar ahli va mehmonlari chin yurakdan his etishdi. Boisi, gullar bilan bezatilgan yuzga yaqin turli rusumdagi mashinalar Namangan xalqaro aeroportidan yo`lga chiqdi. Islom Karimov va Amir Temur ko`chalari bo`ylab mashinalar paradi “Nuroniy” jamg`armasi viloyat bo`limi binosigacha barchaga xushkayfiyat bag`ishladi.

0b29e467-039d-43b2-b65f-e7e76189ac65.jpg

Bayramning tantanali ochilishi marosimida Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov so`zga chiqib, yildan yilga tarovvat kasb etayotgan gul bayrami Namanganning o`ziga xos brendiga aylanganligini e`tirof etdi. Shuning barobarida, gullar orqali insonlarni bir-biriga bo`lgan mehr-muhabbatini, oqibatini mustahkamlash, yoshlarni go`zallikka bo`lgan ishtiyoqi, ta`lim-tarbiyasini oshirish asosiy vazifa ekanligini ta`kidladi.

3a89da1f-e1ab-4313-8b97-49c6c1ae52bb.jpg

Ta`kidlash joiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning tavsiyalari asosida Namanganda gulchilikni rivojlantirish markazi tashkil etildi. Namanganlik bir guruh mohir gulchilar Toshkentdagi “Botanika” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Gollandiya, Turkiya, Belgiya, Koreya davlatlariga borib, gulchilikni rivojlantirish bo`yicha tajriba almashdilar. Bugungi kunda markazda Rossiya, Gollandiya, Germaniya va Xitoy mamlakatlaridan keltirilgan eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, biotexnologiya asosida ishlaydigan laboratoriya faoliyat olib bormoqda. Ayni kunlarda markazda faoliyat olib borayotgan laboratoriyada 200 mingga yaqin manzarali daraxtsimon, xonaki va zamonaviy landshaft yaratuvchi nodir bezak gul navlari parvarishlanmoqda. E`tiborlisi shundaki, Namangan muhandislik-texnologiya institutida gulchilik yo`nalishi ochilib, yangi o`quv yilida 40 nafar talaba o`qishga qabul qilinishi ko`zda tutilgan.

5c65c3e0-b598-4311-bbfe-1e7f042d2529.jpg

Yig`ilganlar e`tiboriga gul bayramining logotipi namoyish qilinib, uning gimni yosh xonandalar ijrosida ilk marotaba ijro etildi. Bu ham bayram ko`lamini yanada ortishiga xizmat qilishi shubhasiz, albatta!

6e57af5c-4a67-4277-8d86-0313730d743e.jpg

Go`zallik shaydolari – namanganlik gulchilar nafosat ayyomini har yilgidan o`zgacha o`tkazish maqsadida 150dan ortiq turdagi 2 million tup noyob navli gul ko`chatlari parvarishlashdi. Dekorasiya va konstruksiyalar ham shunga monand, bejirim, beqiyos va betakror.

Bundan tashqari Namangan shahri va tumanlari, Farg`ona, Andijon, Farg`ona viloyatlari, Toshkent shahridan kelgan gulchilar tomonidan 3 milliondan ziyod tuvakda parvarishlanayotgan gullar ko`rgazmasi va savdosi tashkil etildi. Birgina, Namangan shahri misolida oladigan bo`lsak, Sirojiddin Qodirov, Jo`raxon Mo`minov, Ahmadjon Sultonov, Sanobar Abdullaeva, Nosirjon Hakimjonov, Ma`rufjon Karimov, Abdullo Sattorov kabilar oilaviy gulchilik an`anasini e`zozlab kelishmoqda. Sayilda poytaxtlik gulchi Yulduz Sharofiddinova, andijonliklar Elshod Qodirov, Muhammadzarif Mahmudjonov singari gulchilarning ko`rgazmalaridan barcha-barcha birdek zavqu shavq olmoqda.

35b50a1d-6a5d-46ed-be59-a40ae3b77b27.jpg

Qolaversa, gul bayramida viloyatdagi sog`liqni saqlash hamda ta`lim muassasalari tomonidan tayyorlangan, bir-biridan takrorlamaydigan ajoyib gul kompozisiyalari dilllarga ko`tarinkilik ulashadi.

Gul bayrami doirasida tashkil etilayotgan madaniy tadbirlar, tanlov va musobaqalar, ko`ngilochar o`yinlar, askiya va hazil-mutoyibalar, uchrashuv va davra suhbatlari, mushoiralar, dorboz tomoshalari barchamizni bugungi kunda eng ulug` ne`mat sanalgan tinchlikning qadriga etish, uni asrab-avaylashga undaydi.

41a8d5c0-ac71-458d-b0d8-b1855ec8f772.jpg

Qolaversa, bu bayram yoshlar ma`naviyatini yanada mustahkamlashga qilishi bilan ahamiyatli. Boisi, ushbu tadbir orqali yoshlarning ona tabiatga, gullarga bo`lgan mehri ortadi, ularning qalbida go`zal yurtning farzandlari ekanligidan faxrlanish tuyg`ulari jo`sh uradi. Xususan, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi faollari ishtirokidagi mehr-shafqatga ehtiyojmand bolalarga yordam ko`rsatishga mo`ljallangan “Biz sen bilan” ijtimoiy aksiyasi e`tirofga molik bo`ldi.

236f7e8b-d469-48b0-af38-a6158980cb9e.jpg

Xalqaro maqomda o`tkaziladigan gul bayramida minglab hamyurtlarimiz qatori xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishdi. Gul b

ayrami viloyatda ichki va tashqi turizm, xususan, ekoturizimni rivojlantirishda muhim omil bo`lib xizmat qilmoqda. Gul saylining ilk kunida Turkiya, Saudiya Arabistoni, Bangladesh, Quvayt, Bahrayn, Qirg`iziston, Tojikiston, Rossiya davlatlaridan kelgan mehmonlarni uchratdik. Jumladan, Saudiya Arabistoni qirolligining O`zbekistondagi elchixonasi atashesi Madzi Husayn al Subayxi bilan suhbatimizda taassurotlarini shunday izhor qildi:

cf3ed8fa-a768-4c8c-8643-25bd63435c15.jpg

Bayram sayllarida ishtirok etayotgan Turkiyadan yurtimizga investisiya kiritish maqsadida kelgan tadbirkorlar Zokir Amir va Baxri Ishik bilan suhbatlashdik.

“Men asli namanganlikman. Taqdir taqozosi bilan oilamiz Turkiyaga ko`chib ketganmiz. Bugun biz uchun o`zimmiz tug`ilgan zaminga foyda keltirish imkoniyati paydo bo`ldi. Ayni paytda Yangiqo`rg`on tumanida “Sherdor Gred” shirkatimiz ishtirokida zamonaviy sihatgoh barpo etish borasida muzokaralar olib boryapmiz. Namangan shahrida o`tkazilayotgan gul bayramini eshitib, sayl tomon oshiqdik. Odamlardagi go`zallikka oshuftalikdan hayratda qoldik”, deydi Zokir Amir.

f921ce21-bb98-47f3-bfec-fc53fc339857.jpg

Darvoqe, gul bayrami tantanalarini nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy ommaviy axborot vositalari ham katta qiziqish bilan yoritib bormoqdalar. Jumladan, gul bayramini yoritish uchun Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`iga tashrif buyurgan Xitoyning jahonga mashhur Global televizion tarmog`i – “CGTN” muxbiri Gay Xenderson ham bor.

“Bizning “CGTN” telekanalini dunyoning yuzdan ziyod davlatida 85 milliondan ortiq tomoshabin kuzatib boradi. Juda ko`p davlatlarda bo`lib, bir qator ko`rsatuv va reportajlar tayyorlab kelamiz. O`zbekistonga kelib Marg`ilon va Namangan shaharlarida bo`ldik. Ayniqsa, Namangandagi gul bayrami diqqat-e`tiborimizni tortdi. Turfa gullar estetik zavq beradi. Odamlari ham mehmondo`st, chehrasida tabassum, ishonch ufurib turibdi”, dedi xorijlik hamkasbimiz.

O`zA xabariga ko`ra, Namangan shahridagi Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog`ida boshlangan gul bayrami rasman bir haftaga belgilangan bo`lsa-da, sayillar bir oy davom etadi.

    Boshqa yangiliklar