Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federasiyasi jahon energetik xavfsizligini mustahamlashga ko`maklashuvchi strategik ittifoq tuzish harakatida.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o`rinborasi Igor Morgulov “Rossiya va Xitoy: Hamkorlikning yangi bosqichi” xalqaro anjumanining ochilish marosimida ma`lum qilgan.
Uning so`zlariga ko`ra, RF va XXR sherikligining eng muhim unsurlaridan biri energetika sohasi bo`yicha hamkorlik hisoblanadi. Ikki davlat shundan kelib chiqib, jahon energetik xavfsizligini bir butunlikda mustahkamlashni nazarda tutuvchi strategik ittifoqni shakllantirish yo`lidagi harakatni davom ettirmoqda.
Ma`lumot uchun: Soha ekspertlarining ta`kidlashicha, hozirgi kunda jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonining tobora chuqurlashuvi va iqtisodiy rivojlanishning muhim omili bo`lgan energetika resurslariga talabning oshib borishi sharoitida jahon energetik xavfsizligini ta`minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu avvalo, energetika resurslarining cheklanganligi va kamayib borayotganligi bilan bog`liq bo`lib, mazkur sharoit davlatlardan yakka tartibda emas, balki uyushgan holda energetik xavfsizlikni ta`minlash, mavjud resurslardan tejab-tergab oqilona va samarali foydalanish strategiyalarini ishlab chiqishni taqazo etayotir.






