AsosiyJamiyat

"Navoiyazot"ga ishga kiritib qo`yishni va`da bergan firibgar ushlandi

'"Navoiyazot"ga ishga kiritib qo`yishni va`da bergan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T. fuqaro Z. ni “Navoiyazot” AJda qurilish ishlarini amalga oshirib kelayotgan Xitoy qurilish kompaniyasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ushbu kompaniyaga ishga kiritib qo`yish evaziga 800.000 so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar