O`zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 24 maydagi buyrug`i bilan Aziz Muxtorovich Eshbekov O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tadbirkorlik va investisiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
A.Eshbekov 1982 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. Ma`lumoti oliy, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini O`zbekiston Respublikasi prezidenti devoni Qonunchilik va sud hokimiyati organlari bilan aloqalar bo`yicha ekspertlar guruhida boshlab, Jizzax va Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida tergovchi, prokuror yordamchisi va bo`lim katta prokurori, Bosh prokuratura ichki xavfsizlikni ta`minlash inspeksiyasi prokurori, O`zbekiston Respublikasi prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`yicha xizmati inspektori, Bosh prokuratura sog`liqni saqlash, ta`lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi prokurori lavozimlarida ishlagan.






