AsosiyDunyo

Meksika AQSh bilan chegaradagi devor uchun hech qachon pul to`lamaydi

'Meksika AQSh bilan chegaradagi devor uchun hech qachon pul to`lamaydi'ning rasmi

Meksika prezidenti Enrike Penya Neto butun xalqi nomidan ma`lum qildi: Meksika Amerika bilan chegarada qurilayotgan devor uchun hech qachon pul to`lamaydi.

Davlat rahbari shu haqdagi bayonotini Tvitterda ingliz va ispan tilidagi mikroblogida chop etgan.

Yaqindagina AQSh prezidenti Donald Tramp chegarada qurilayotgan devor uchun Meksikadan to`lov talab qildi edi. Enrike Penya Netoning bayonoti bunga javob bo`ldi.

Eslatib o`tamiz, AQSh kongressi Tramp tasdiqlashga majbur bo`lgan mamlakat byujdetini qabul qilgan edi. Byudjetga muvofiq, Amerikaning Meksika bilan chegarasida qad rostlayotgan devorga prezident ma`muriyati so`ragandek, 25 milliard emas, balki 1,6 milliard dollar mablag` ajratildi. Shu vajdan Tramp chegaradagi devor borasida Meksikaga talab qo`ydi.

    Boshqa yangiliklar