Sankt-Peterburgda bo`lib o`tayotgan ikkinchi xalqaro kongress kunlarida Dinlar tarixi davlat muzeyida mutaxassislarning fikriga ko`ra, Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxonga tegishli deb hisoblanayotgan noyob zarbof to`n namoyish etiladi. Qizil baxmaldan tikilgan ushbu libos qimmatbaho oltin kashtalar bilan bezatilgan.
Muzey rahbarlarining ta`kidlashlaricha, O`zbekistonga bag`ishlangan “ O`zbekiston madaniy merosi” loyihasi kolleksiyalari avvalo maxsus tadqiqot mavzulari hisoblanadi. Dinlar tarixi davlat muzeyining unchalik katta bo`lmagan, lekin turli-tuman kolleksiyalari o`zida antik davrdan to bugungi kungacha bo`lgan katta davrni aks ettiradi. To`plamdan Termiz va Samarqanddan topilgan tarixiy manzilgohlar Qoratepa (II – IV asrlar), Afrosiyob va Tali-Barzu (II – IV asrlar)ga tegishli noyob topilmalar, buxoro-yahudiy to`plamlariga oid qimmatbaho kolleksiyalar va XIX – XX asrlarda O`zbekiston aholisining turmush tarzini va madaniyatini ifodalovchi namunalar o`rin olgan. Bundan tashqari, to`plamga rossiyalik rassomlarning O`zbukiston bilan bog`liq asarlari, hujjatli materiallar, shu jumladan, S. Dudinning etnografik eskizlari, Buxoro amiri Sayyid Abdulahadxon mablag`lari asosida qurilgan Sankt-Peterburg jme masjidi tarixiga oid buyumlar kiritilgan. kasedral machitni jme masjidiga o`zgartirib qo`ying buxoro amiri haqidagi tekstda






