AsosiyJamiyat

Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o`zgartirish kiritildi

'Avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o`zgartirish kiritildi'ning rasmi

Hukumatning 2018 yil 29 maydagi qarori bilan O`zbekistonda avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga o`zgartirish kiritildi.

Endilikda:

- qurilish materiallarini, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini, sanoat va oziq ovqat tovarlarini, shuningdek, boshqa to`kiladigan yuklarni (issiq asfalt, yirik gabaritli va og`ir yuklardan tashqari) ochiq avtotransport vositalarida tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan qoplanishi lozim;

- avtotransport vositalarini qurilish ob`ektlaridan umumiy foydalaniladigan yo`llarga kuzov va g`ildiraklarni yuvmasdan chiqishiga yo`l qo`yilmaydi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

    Boshqa yangiliklar