AsosiyJamiyat

“O`zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatiga rais tayinlandi

'“O`zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatiga rais tayinlandi'ning rasmi

Olim Batirovich Isaev Hukumat qarori bilan “O`zagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, “O`zagrokimyohimoya” AJ 2016 yil 24 oktyabrdagi Prezident qaroriga asosan tashkil etilgan bo`lib, uning asosiy vazifasi qishloq xo`jaligini mineral o`g`itlar, o`simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari bilan ta`minlash, chigirtka, zararkunandalar, o`simliklar kasalliklari va yovvoyi o`tlarga qarshi kurashish bo`yicha yagona texnik va texnologik siyosatni olib borish hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar