AsosiyJamiyat

Koreyadagi Qur`on musobaqasida o`zbekistonlik qori g`olib bo`ldi

'Koreyadagi Qur`on musobaqasida o`zbekistonlik qori g`olib bo`ldi'ning rasmi

Janubiy Koreya Respublikasida xalqaro Qur`on musobaqasi o`tkazilib, ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 70 ga yaqin qorilar ishtirok etdi. Bu haqda azon.uz nashri xabar berdi.

Musobaqa faqat tilovat yo`nalishida, uch bosqichda o`tkazilgan. Dastlabki bosqichda ishtirokchilar o`zlari istagan joydan tilovat qilib berishgan.

Shunga qaramasdan keyingi bosqichga faqatgina 20 nafar ishtirokchi o`ta olgan. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar hakamlar so`ragan joydan Qur`onga qarab tilovat qilib berishdi.

Shundan so`ng hakamlar qo`ygan ballar hisoblanib, g`oliblar aniqlangan.

Ishtirokchilar orasida O`zbekistonlik Abdurahimov Abdurashid Qori Abdulhakim o`g`li birinchi o`rinni egallagani ma`lum qilindi. Yuqori natijani qo`lga kiritganlarga diplom va esdalik sovg`alari topshirilgan.

Tijorat va tirikchilik maqsadida Koreyaga borgan qori Qur`on musobaqasining daragini eshitib, unda ishtirok etdi va xalqaro musobaqa g`olibiga aylandi.

    Boshqa yangiliklar