AsosiyJamiyat

O`zbekistondan siyosiy boshpana beriladi...mi?

'O`zbekistondan siyosiy boshpana beriladi...mi?'ning rasmi

Siyosiy boshpana huquqlari buzilgan shaxslarga va ularning oila a`zolariga beriladi.

O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to`g`risidagi iltimosnoma shaklini tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazilgani haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Hujjat O`zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to`g`risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.

Eslatib o`tamiz, siyosiy boshpana o`zining fuqaroligi bo`yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e`tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta`qib qilinayotgan yoki ta`qib qilishning jabrlanuvchisi bo`lishiga real tahdiddan, shuningdek, xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila a`zolariga beriladi.

    Boshqa yangiliklar