AsosiyJamiyat

Kasbi tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati sudda yutib chiqdi

'Kasbi tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati sudda yutib chiqdi'ning rasmi

Fuqaro Jalol Saydalievning shikoyat arizasini o`rgangan tuman jamiyati to`plangan hujjatlarni fuqarolik ishlari bo`yicha Kasbi tumanlararo sudiga fuqaro nomidan da`vo arizasi kiritdi.

Kasbi tuman Ravot qishlog`ida yashovchi fuqaro Jalol Saydaliev xonadoniga “Kasbitumangaz” filiali xodimlari tomonidan gaz sarfi bo`yicha qarzdorlik noto`g`ri hisoblanganligi va iste`molchi sifatida buzilgan huquqlarini tiklashda amaliy yordam berishlarini so`rab, Kasbi tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi.

Murojaatda fuqaro xonadoniga G-4 zavod raqami № 941816 bo`lgan gaz sarfini hisoblash uskunasi orqali tabiiy gazdan foydalanib kelinganligi, hisoblagich qiyoslov ko`rigidan o`tkazilib, oxirgi ko`rsatgich 1707 m3 ni ko`rsatib, to`lovlar o`z vaqtida amalga oshirib kelganligi bayon etilgan.

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan iste`molchi arizasida keltirilgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan o`rganish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaro nomiga ochilgan 0707028090-sonli abonent kartasida 2012 yil aprel oyi holatida tabiiy gaz ko`rsatgichi 9838 m3 bo`lib, qarzdorlik 575 181 so`mni tashkil etganligi, amalda iste`molchining gaz hisoblagich uskunasi ko`rsatgichi 1707 m3ni tashkil etganligi, tumangaz filialida iste`molchi nomiga yuritilgan abonent kartada gaz hisoblagich ko`rsatgichi 9838 m3ni tashkil etganligi ko`rsatilgan. Bunda fuqaroning haqiqiy qarzdorligi va abonent kartasi o`rtasidagi farq 8131 m3 bo`lganligi aniqlandi.

Shundan so`ng ishda to`plangan hujjatlar fuqaro manfaatini ko`zlab fuqarolik ishlari bo`yicha Kasbi tumanlararo sudiga fuqaro nomidan da`vo arizasi kiritildi.

Sud, qonun talabidan kelib chiqib, qaror qabul qildi. Unga ko`ra, Kasbi tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan da`vogar Saydaliev Jalol Yaxyoevichning manfaatini ko`zlab javobgar Kasbi tumangaz filialiga nisbatan “asossiz hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish haqida”gi da`vosi qanoatlantirildi. Javobgar tumangaz filiali tomonidan da`vogar xonadoniga (abonent karta 0707028090-sonli) asossiz hisoblangan 575 181 so`m miqdoridagi qarzdorlik hisobdan chiqarildi.

O`zAdan olindi

    Boshqa yangiliklar