AsosiyJamiyat

GM Uzbekistan Matiz avtombillarini ishlab chiqarishni to`xtatmoqda

'GM Uzbekistan Matiz avtombillarini ishlab chiqarishni to`xtatmoqda'ning rasmi

2018 yilning iyul oyidan e`tiboran «GM Uzbekistan» AJ ishlab chiqarish quvvatlarida «Matiz» rusumli avtomobillarni yig`ish yakunlanadi. Ushbu karor modellar qatorini yangilash borasidagi strategiyasiga muvofiq xamda ushbu avtomobilning texnik eskirganligini inobatgan olgan xolda qabul qilindi.

Shu munosabat bilan ushbu modeldagi avtomobillarni etkazib berish bo`yicha shartnomalarga arizalarni ro`yxatdan o`tkazish to`xtatildi.

“GM Uzbekistan” iste`molchilar oldida o`zining majburiyatlarini bajarilishini va avtomobillarni tuzilgan shartnomalar bo`yicha o`z vaqtida va to`laligicha etkazib berilishini aloxida ta`kidlaydi.

Eslatib utamiz, Matiz avtomobili Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilishi o`zlashtirilgan to`rtinchi model bo`lib, 2001 yil avgust oyidan yig`ila boshlangan. 2004 yil dekabr oyida dvigatel xajmi 1 l bo`lgan “Matiz Best” xamda avtomatik uzatma qutili modifikasiyalari ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yilgan.

Matiz avtomobillari kichik xajmli avtomobillar sinfiga tegishli bo`lib, ushbu sinfdagi avtombillarga bo`lgan extiyoj “Spark” avtomobillarini ishlab chiqarish xajmlarini kengaytirish orqali qoplanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar