AsosiyJamiyat

​Farrux Zokirov: "Bizning madaniy merosimiz dunyoda tengsiz"

'​Farrux Zokirov: "Bizning madaniy merosimiz dunyoda tengsiz"'ning rasmi

6-8 iyun kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o`tkaziladigan “O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Ikkinchi Xalqaro Kongressi doirasida o`zbek san`at ustalarining konsert dasturi ham joy olgan. Jumladan, kongress doirasida o`tadigan konsert dasturida Yalla” ansambli ishtirokchilarning dillarini o`z qo`shiqlari bilan xushnud etishi rejalashtirilgan.

Nufuzli madaniy anjuman oldidan O`zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi:

— “O`zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar o`rtasidagi muloqotga yo`l” Xalqaro Kongressiga katta tayyorgarlik ko`rilayotganidan xabarim bor. Bu anjuman o`tgan yili yurtimizda juda muvaffaqiyatli o`tkazilgan edi. Umuman, O`zbekiston san`atiga, madaniy merosiga befarq bo`lmagan har bir inson ushbu anjumandan, uning o`tkazilishidan faxrlanmay qolmaydi. Men dunyo kezgan, boy madaniy merosga ega yurt farzandi sifatida shuni aytmoqchimanki, bizning ham ilmiy, ham tarixiy merosimiz dunyoda tengsiz. Bugun bu gapni butun dunyo ham tan olyapti, desak yanglishmaymiz.

Ushbu anjuman xalqlar o`rtasida madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaydi, bizni ularga yaqindan tanitadi. Kongress Sankt-Peterburgda o`tkazilishi bejiz emas. Bu shahardagi muzeylarda qanchadan qancha boyliklarimiz saqlanmoqda. Ular haqida ma`lumotlar jamlanib, to`plamlar tayyorlanganiligi va ularning katta taqdimoti, menimcha, bu juda katta mehnat, juda katta ish. Kelgusida ham bu kabi tadbirlar keng quloch yoyishini istab qolaman, tashkilotchilarga esa alohida tashakkurlar bildiraman.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar