Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegasiya KXDRda bo`lib turibdi. Tashrif doirasida rossiyalik vazir Shimoliy koreyalik hamkasbi Li Yon Xo bilan muzokara olib borgan. Tomonlar muzokarada ikki davlat munosabatlari, Koreya yarim orolidagi vaziyat va boshqa xalqaro masalalarni muhokama qilgan. Shundan so`ng Sergey Lavrov davlat rahbari Kim Chen In bilan uchrashgan.
Axborot agentligining mavzu yuzasidan so`nggi xabariga ko`ra Rossiya tashqi ishlar vaziri KXDR etakchisini o`z mamlakatiga taklif qilgan.






