AsosiyJamiyat

Qo`shmachi ayollar guruhi faoliyatiga chek qo`yildi

'Qo`shmachi ayollar guruhi faoliyatiga chek qo`yildi'ning rasmi

30 may kuni Andijon shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, O`sh shahrida yashovchi Qirg`iziston fuqarosi X.G. ismli 20 yoshli ayol va Andijon viloyatida yashovchi O`zbekiston fuqarosi N.N. ismli 38 yoshli ayol, o`zaro jinoiy til biriktirib qo`shmachilik bilan shug`ullanib 2016 yil dekabrdan 2018 yil fevral oyiga qadar yosh ayollarni erkaklarga qo`shganliklari va 2018 yil mart oyida bir nechta yosh qizlarni O`zbekistondan Qirg`iziston Respublikasiga olib o`tib, foxishalik bilan shug`ullanishga majbur qilganliklari aniqlangan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harkatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar