1

ShHTning OAV bo`yicha birinchi forumida muhim hujjat imzolanadi

Siyosat 31.05.2018, 15:53
ShHTning OAV bo`yicha birinchi forumida muhim hujjat imzolanadi

Joriy yil 9-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi cammiti bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Mazkur sammit oldidan Pekin shahrida 30 may – 4 iyun kunlari “Shanxay ruhining rivojlanishi – media hamkorlikdagi yangi davrning boshlanishi” mavzusida Shanxay hamkorlik tashkilotining ommaviy axborot vositalari bo`yicha birinchi forumi tashkil etilmoqda.

O`zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o`rinbosari S.Shukurov boshchiligidagi mamlakatimiz delegasiyasi mazkur forumda ishtirok etish uchun Xitoyga jo`nab ketdi.

Forum doirasida “Media hamkorlik uchun yangi platforma yaratish, birgalikda rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqish”, “Gumanitar aloqalarni mustahkamlash, xalqlarning ma`naviy birligini ta`minlash” singari mavzularda seminar va davra suhbatlari tashkil etiladi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi bilan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Matbuot devonxonasi o`rtasida ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlik bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumi imzolanishi ko`zda tutilmoqda.

Forum ishtirokchilari amaliy tashrif bilan XXR Shandun provinsiyasida ham bo`ladi.

Mamlakatimiz delegasiyasi tarkibida O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi – O`zA, “Xalq so`zi” va “Pravda Vostoka” gazetalari vakillari ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1