AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2017 yilda qancha engil avtomashina eksport qilgan?

'O`zbekiston 2017 yilda qancha engil avtomashina eksport qilgan?'ning rasmi

“O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlik, “GM Uzbekistan” avtomobil zavodida ishlab chiqarishni rivojlantirish, avtomobillar savdosining shaffofligini ta`minlashga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.

“O`zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi U.Salimov va boshqalar mamalakatimizda avtomobilsozlikni rivojlantirish, mazkur yo`nalishda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlar yuksak samaralar berayotganini ta`kidladi.

Matbuot anjumanida aytilishicha, o`tgan yil “GM Uzbekistan” AJda 140 ming 247 dona avtomobil ishlab chiqarilgan bo`lib, 2016 yil bilan taqqoslaganda o`sish hajmi 59 foizni tashkil etgan. Samarqand avtomobil zavodida esa o`tgan yilda 3 ming 600 dona yuk avtomobili va avtobuslar ishlab chiqarilgan. O`sish hajmi 5,5 foizni tashkil etgan. “JV MAN Auto Uzbekistan” qo`shma korxonasida esa 1 ming 200 dona yuk avtomobili va avtobuslar ishlab chiqarildi.

Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan engil va yuk avtomobillari, avtobuslar ichki ehtiyojdan tashqari xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

– 2017 yili 26 ming 800 engil avtomashinani eksport qildik, – deydi “O`zavtosanoat” AJ raisi o`rinbosari A.Musaev. – Avtomashinalarning asosiy qismi Rossiyaga etkazib berilmoqda. Bu mamlakatda «Ravon Nexia R3» eng ommabop va xaridorgir avtomashinalar sirasiga kiradi.

    Boshqa yangiliklar