Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. (31.05.2018 y.)
Qaror bilan quyidagi tartib o`rnatildi:
- soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (keyingi o`rinlarda imtiyozlar deb yuritiladi) qonunlar va Prezident hujjatlari bilan umuman tarmoqlar, faoliyat sohalari, hududlar uchun beriladi, shuningdek, aniq maqsadga ega bo`lishi hamda aniq ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy natijalarga erishishni ta`minlashi zarur;
- vaqtinchalik imtiyozlar 3 yildan ortiq bo`lmagan muddatga beriladi;
- imtiyozlar berishga, bojxona to`lovlari bo`yicha imtiyozlar qo`llagan holda O`zbekiston hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlar ro`yxatlarini tasdiqlashga doir hukumat va idoraviy qarorlarni qabul qilish taqiqlandi;
- bojxona to`lovlari bo`yicha imtiyozlar qo`llagan holda tovarlarni import qilish uchun manfaatdor tashkilot O`zbekiston hududiga olib kiriladigan tovarlar ro`yxatlari va ularga tuzatishlar bo`yicha "Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosasini olishi lozim;
- loyiha boshqaruvi milliy agentligi berilgan imtiyozlarni muddatidan oldin tugatish yuzasidan takliflar kiritish huquqiga ega;
- imtiyozlar berishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy tartibda ekspertizadan o`tkazilishi shart.






