AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Pokiston tarixda birinchi marta hamkorlikda iftorlik o`tkazdi

'O`zbekiston va Pokiston tarixda birinchi marta hamkorlikda iftorlik o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekistonning Pokistondagi elchixonasi va “O`zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar Kengashi”hamkorligida ikki tomonlama munosabat tarixida birinchi marta Islomobod shahrining “Marriott” mehmonxonasida iftorlik marosimi o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Pokiston hukumat vakillari, siyosiy tashkilotlar, ziyolilar, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, “Naqshbandiya” ordeni sohiblari, o`zbek diasporalari vakillari qatnashdi.

Iftorlikning faxriy mehmonlari Pokiston poytaxti hokimi Shayx Ansar Aziz, Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Zoxir Janjua, shuningdek, Islomobod Savdo-sanoat palatasi prezidenti janob Ravalpindi bo`ldi. Marosimda “Tabani Group”, “Diners Group”, “Arshad&Co.” singari yirik kompaniya vakillari qatnashdi.

Mehmonlarga O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot kataloglari va ziyorat turizmi bo`yicha turli risolalar tarqatilgan. Bir vaqtning o`zida O`zbekistonda haj safarlari, respublikaning tarixiy shaharlari haqidagi video-roliklar ham namoyish etildi.

Mehmonlar O`zbekiston diplomatik vakolatxonasi tomonidan iftorlik dasturi tashkil etilishi ushbu mamlakatda diniy va millatlararo bag`rikenglikni himoya qilish hamda rivojlantirish singari insonparvar siyosat olib borayotganidan dalolat berishini alohida ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar