Prezident Shavkat Mirziyoev Chilonzor tumanidagi "Tirsakobod" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu mahallada 9 ko`p qavatli va 864 hovli uylar joylashgan. 5 ming 200 dan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 fevraldagi «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoniga muvofiq mazkur mahallada ham katta o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Yo`llar va uy-joylar ta`mirlanib, ijtimoiy ob`ektlar barpo etilmoqda.
Shavkat Mirziyoev mahalla hayoti bilan tanishdi, faollar bilan muloqot qildi.
Mamlakatimizning barcha shaharlarida zamonaviy mahalla markazlari bunyod etish, aholi tinchligi va farovonligini ta`minlash bo`yicha ko`rsatmalar berildi.