Chilonzor tumanidagi Afrosiyob va Beshyog`och ko`chalari kesishuvidagi hududda barpo etilayotgan ko`p tarmoqli "Humo Arena" muz saroyi qurilishi ishlari jadal olib borilmoqda.
Inshoot ikki qismdan iborat bo`lib, undan asosiy va mashq muz arenalari joy oladi. Umumiy maydoni 82 ming 250 kvadrat metrni tashkil etadigan 6 qavatli inshootning eng baland nuqtasi 40 metrni tashkil etadi.











