AsosiyJamiyat

Xo`jaylidagi "Mehribonlik uyi"ga avtobus topshirildi

'Xo`jaylidagi "Mehribonlik uyi"ga avtobus topshirildi'ning rasmi

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xo`jayli tumanidagi "Mehribonlik uyi"ga Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan "Isuzu" avtobusi topshirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

– Bolalar bayramiga bag`ishlanib respublika miqyosida "Har bir bolaga mehr, e`tibor" shiori ostida o`tkazilgan tadbirlar doirasida avtobusning berilishi bolajonlar uchun haqiqiy bayram sovg`asi bo`ldi, – deydi Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Amanjol Ayapov. – Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan berilgan 275 million so`mlik "Isuzu" avtobusi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini turli sayohatlarga olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpog`iston Xalq ta`limi vazirligi va "Ekosan" tashkiloti tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kiyim-kechaklardan iborat sovg`alar taqdim etildi.

Mehribonlik uyida 145 nafar bola tarbiyalanmoqda. 16 to`garaklar tarbiyalanuvchilar ixtiyorida.

    Boshqa yangiliklar