AsosiyDunyo

Yo`lovchi pivo sabab samolyotda janjal ko`tardi (Video)

'Yo`lovchi pivo sabab samolyotda janjal ko`tardi (Video)'ning rasmi

Samolyot bortida spirtli ichimlik ichishga ruxsat bershimagach, bir yo`lovchi janjal ko`tardi, deya xabar bermoqda Independent nashri.

Jeyson Feliks Santa-Krus orolidan Mayamiga American Airlines aviakompaniyasining reysida uchib ketayotgan edi. Parvoz payti u bort kuzatuvchisidan pivo keltirishni so`raydi. Ammo samolyot xodimi rad javobini beradi. Bunga sabab u yo`lovchining sal oldinroq o`zini nomaqbul tarzda tutayotganini kuzatgan edi.

Jeyson shundan so`ng yonidagi qo`shnisini tepa boshlaydi. Ikki o`rtada janjal ko`tariladi.

Samolyot Mayamiga qo`ngach, to`rt nafar polisiyachi Jeyson Feliksni hibsga olishdi. Endilikda u 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


Boshqa yangiliklar