1 iyun kuni Farg`ona shahrida Sh.Rashidov ko`chasida joylashgan «Mig Oil Metan» MChJga qarashli avtomashinalarga metan gaz quyish shoxobchasida Qo`shtepa tumanida yashovchi nafaqaxo`r S.S. o`zining «Neksiya» rusumli avtomashinasiga gaz to`ldirayotgan vaqtida avtomashinaga o`rnatilgan metan gaz balloni portlab ketgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, portlash natijada gaz shoxobchasi ishchisi M.Sh. voqea joyida vafot etgan hamda Yozyovon tumanida yashovchi fuqaro I.O. jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Gaz ballonining portlash sabablari o`rganilmoqda.






