Hukumat qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro`yxati tasdiqlangan.
Ushbu ro`yxatga 65 ta davlat tashkiloti kiritilgan, xususan:
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni.
- O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari.
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
- O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi.
- O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi.
- O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi.
- O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi*.
- O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati*.
- Markaziy saylov komissiyasi.
- O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki.
- O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi.
- Toshkent shahri hokimligi.
- Toshkent viloyati hokimligi.
- O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi*.
- O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi*.
- O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi.
- O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi.
- O`zbekiston matbuot va axborot agentligi.
- O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi.
- O`zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi.
- O`zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi.
- «O`zarxiv» agentligi.
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo`mitasi.
- O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita.
- O`zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
- O`zbekiston Respublikasi Temir yo`llarda yuk va yo`lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.
- «O`zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi.
- «O`zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati.
- «O`zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati.
- «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyati.
- «O`zdonmahsulot» aksiyadorlik kompaniyasi.
- «O`zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi.
- «O`zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati.
- «O`zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi.
- O`zbekiston Respublikasi Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasi.
- «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi.
- O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi.
- O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.
- «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyati.
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
- O`zbekiston yoshlar ittifoqi.
- «O`zbekipaksanoat» uyushmasi.
- «O`zagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyati.
Izoh: 1, 2 va 3-bandlarda ko`rsatilgan davlat hokimiyati organlari (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi) apparatlari xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risidagi iltimosnoma O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqaruvchisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri (ular joyida bo`lmaganda — ularning o`rinbosarlari), shuningdek tegishli ravishda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosarlari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi.
* 7, 8, 23 va 26-bandlarda ko`rsatilgan davlat hokimiyati organlari apparatlari xodimlarini Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risidagi iltimosnoma tegishli ravishda ushbu organlar rahbarlarining o`rinbosarlari tomonidan ham imzolanadi.
16, 27, 36, 39, 42-bandlarda ko`rsatilgan tashkilotlarning nomlari o`zgarganligi munosabati bilan hozirda mazkur ro`yxatga o`zgartirish kiritilmoqda.
Qaror matni: http://lex.uz/docs/3042005






