AsosiyJamiyat

Tuz bo`roni keltirgan zararni bartaraf etish bo`yicha sinovlar o`tkazilmoqda

'Tuz bo`roni keltirgan zararni bartaraf etish bo`yicha sinovlar o`tkazilmoqda'ning rasmi

May oyining so`nggi haftasi yurtimizning ayrim hududlarida ro`y bergan tuz bo`ronlari bilan esda qoldi. Buning oqibatida Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog`iston Respublikasining o`simliklari va ekinlariga jiddiy zarar etdi.

Tabiiy ofat asoratlarini bartaraf etish ishlarida qatnashayotgan O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi bir guruh mutaxassis va olimlarni Xorazm viloyatiga safarbar etdi. Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, Xorazm viloyatining Xonqa tumanida bo`lib o`tgan yig`ilishda Innovasiya vazirligi guruhi er uchastkalari zarar ko`rgan fermerlar uchun maxsus seminar tashkil etgan va amaliy yordam ko`rsatish choralarini belgilagan.

Vazirlik ishchi guruhi olib borgan “Biosolvent” va “DAG-1” preparatlari va ulardan foydalanish tartibi haqida tushuncha berdi.

Ta`kidlash lozimki, mazkur preparatlar FAning Biorganik kimyo instituti olimlari tomonidan yaratilgan bo`lib, Polimer kompozisiyali “Biosolvent” kam miqdorda suvdan foydalangan holda tuproqni zararli ionlar va zaharli hamda erishi qiyin bo`lgan tuzlardan tozalash xususiyatiga ega.

95213c62-9d34-40de-bdbb-faa1a335c9e8.jpg

O`simliklarga purkaladigan DAG-1 preparati esa biologik faol modda bo`lib, o`simliklarning immun mexanizmlarini rag`batlantirish va boshqarish orqali patogenlarga chidamliligini oshiradi.

Fermerlar bilan savol-javob tarzidagi seminardan so`ng, amaliy jarayonga o`tildi. Ya`ni suv purkovchi traktorga 600 litr aralashma qo`yilib, 2 gektar erga sepib chiqildi. Olib borilgan preparatlarning qolgan qismi fermerlarga tarqatildi.

Shuningdek, 27 may kuni bo`lib o`tgan tuz bo`ronidan keyingi tuproq va o`simliklardan namuna olindi. Mazkur namunalar Innovasiya vazirligi qoshidagi Ilg`or texnologiyalar markazida o`rganilganidan so`ng, yangi preparatlar yaratish ustida ish olib boriladi.

    Boshqa yangiliklar