O`zbekistonda nobiometrik pasportlar tugashiga bir oydan kam vaqt qolishi munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlari ish vaqtiga o`zgartirishlar kiritildi.
"11 tumandagi barcha bo`limlar ertalab soat 8:00 dan fuqarolarni qabul qilishni boshlaydi. Bundan tashqari endilikda yakshanba- dam olish kunida ham aholiga xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yildi. Hurmatli fuqarolar, cizdan o`z vaqtida pasportingizni almashtirishni so`raymiz”, — deyilgan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabarida.






