Toshkentda joylashgan «Bunyodkor» futbol stadionining nomi o`zgartirildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda suratlar paydo bo`lgan.
Tarmoq foydalanuvchilarining sahifasiga joylashtirilgan suratga ko`ra, bundan buyon arena «Milliy» stadion deb ataladi.
«Bunyodkor» sport majmuasi haqida ma`lumot:
“Bunyodkor” sport majmuasi 2012 yilning 29 avgust kuni foydalanishga topshirilgan.
Stadionni qurish va loyihalashtirish yurtimiz mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan. Yurtimiz xududida ishlab chiqarilgan mahalliy qurilish materiallaridan (maxsus texnologik uskunalardan tashqari) foydalanilgan. Qurilish va pardozlash ishlari jarayonida jahonga mashhur “BOSh” (Germaniya) va “SIS” (Buyuk Britaniya) firmalari xizmatidan foydalanilgan.
“Bunyodkor” stadionining tantanali ochilish marosimi 2012 yilning 28 sentyabr kuni o`tkazilgan.
Majmua 37 gektardan iborat bo`lib, “Mirzo Ulug`bek” va “Chilonzor” metro bekatlari oralig`ida joylashgan.
Majmua tarkibida:
• Markaziy stadion
• Futbol maktabi
• 1500ta avtomobilga mo`ljallangan avtoturar joy
• Injenerlarning maxsus majmuasi
MARKAZIY STADION
Sig`imi: 34.800 muxlisga mo`ljallangan. 2-qavat, 51ta sektordan iborat.
VIP-xonalari soni: 46ta
SIP o`rindiqlar: 700ta joy
Nogiron va aravada yuradiganlar uchun: 40ta joy
Muxlislarni issiq quyosh nuridan saqlash uchun stadion tomlariga Chexiyadan keltirilgan maxsus oynali tola o`rnatilgan. Stadion tomigacha bo`lgan balandlik 47 metr.
Markaziy stadion maydoni chimlari Angliyaning SIS kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o`rnatilgan. Bunday chimlar Amsterdam, Ashxabod, Dubay, Dyusseldorf, Stanbul va boshqa shaharlardagi arenalarda ham mavjud. Stadion o`lchami jahon standartlariga to`g`ri keladi – 105x68. Chim ikki xil turga ega (qishki va yozgi), shuningdek yomg`ir va qorli ob-havoda zarur bo`lgan drinaj va istish moslamalari mavjud. Qishning o`ta sovuq kunlarida maydon haroratini 12 daraja issiqda saqlash imkoniyati bor.






