AsosiyJamiyat

O`zbekistonda shaharlararo avtobuslarning tunda harakatlanishiga yana ruxsat berildi

'O`zbekistonda shaharlararo avtobuslarning tunda harakatlanishiga yana ruxsat berildi'ning rasmi

O`zbekistonda 15 yil o`tib, shaharlararo avtobuslarning kechasi harakatlanishiga yana ruxsat berildi, deb yozadi Spot Vazirlar Mahkamasi qaroriga tayanib.

Hujjat 2003 yildan buyon shaharlararo avtobuslarning tungi reyslarni amalga oshirishiga qo`yilgan taqiqni bekor qiladi.

Bundan tashqari, endi agar turistik avtobuslar tegishli xavfsizlik talablariga javob bersa, kolonna hamrohligidan ozod etiladi.

Xavfsizlik talablariga esa avtobusda GPS tizimi, qorong`uda ko`zga tashlanuvchi maxsus rangli chiziq bo`lishi, shuningdek, ikki nafar haydovchi va ularning mobil telefoni faol bo`lishi kabilar kiritildi.

Yana bir o`zgarish shundan iboratki, normativ hujjatlarga to`liq javob bermaydigan yo`llardan yurishda yo`l harakati xavfsizligi hududiy komissiyasi tomonidan ruxsatnoma olish amaliyoti ham bekor qilinadi.

Endilikda respublika bo`ylab turistik yo`nalishlarni belgilashda mazkur komissiya bilan kelishish shart emas.

    Boshqa yangiliklar