AsosiyJamiyat

Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining ijro etilishi muvofiqlashtiriladi

'Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining ijro etilishi muvofiqlashtiriladi'ning rasmi

2018-2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O`zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikasiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo`yicha Respublika idoralararo komissiya tuzildi.

Komissiyaga Bosh vazir o`rinbosari – Xotin-qizlar qo`mitasi raisi rahbarlik qiladi.

Komissiya Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari normalarini ijro etish bo`yicha davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qaror bilan shuningdek Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikasiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotiga 1992 yildan a`zo bo`lib, bugungi kungacha ushbu Tashkilotning 14 ta konvensiyasini ratifisikasiya qilgan:

  • Majburiy Mehnat to`g`risida Konvensiya (S29) - 13.07.1992 y;
  • Qirq soatlik ish haftasi haqida Konvensiya (S47)-13.07.1992 y;
  • Bayram kunlariga haq to`lash haqida Konvensiya (S52)- 13.07.1992 y;
  • Birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish xukukini himoya kilish tugrisida Konvensiya (S87) - 17.06.1948 y;
  • Birlashish erkinligi haqida Konvensiya (S98) - 13.07.1992 y;
  • Bajarilgan Mehnat uchun bir xil maosh to`lovi haqida Konvensiya (S100) - 13.07.1992 y;
  • Onalikni himoya qilish haqida Konvensiya (S103) - 13.07.1992 y;
  • Majburiy Mehnatni yo`qotish to`g`risida Konvensiya (S105)15.12.1997 y;
  • Diskriminasiya haqida Konvensiya (S111) - 13.07.1992 y;
  • Bandlik siyosati haqida Konvensiya (S122) - 13.07.1992 y;
  • Mehnatkashlarning vakillari haqida Konvensiya (S135) - 15.12.1997 y;
  • Kollektiv shartnomalar haqida Konvensiya (S154)- 15.12.1997 y;
  • Ishga olishda minimal yosh haqida Konvensiya (S138) – 03.2008 y;
  • Bolalar mehnatini eng yomon formalarini ta`qiqlash va zudlik bilan choralar ko`rish haqida Konvensiya (S182) – 03.2008 y.

    Boshqa yangiliklar