AsosiyJamiyat

Temir yo`l transporti chiptalari arzonlashdi

'Temir yo`l transporti chiptalari arzonlashdi'ning rasmi

Uzoq masofaga qatnovchi temir yo`l transporti chiptalarining narxi arzonlashdi. Xo`sh, buning sababi nimada?

Yo`lovchi tashish transporti xizmatlari narxi may oyi davomida o`rtacha 2,3 foizga oshdi. Bu haqida Davlat statistika qo`mitasining narxlar statistikasi boshqarmasi xabar qiladi, deb yozadi O`zA.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Andijon, Namangan va Samarqand viloyati hokimliklari qaroriga asosan, ushbu hududlardagi shahar avtobus transportlarida yo`l haqi to`lovlari oshirilgan.

06.jpg

Andijon va Namangan viloyatlarida ushbu ko`rsatkich o`rtacha 66,7 foiz, Samarqand viloyatida 33,3 foiz hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida esa 28,6 foizni tashkil etgan.

Uzoq masofaga qatnovchi temir yo`l transporti chiptalarining narxi oy davomida 9,3 foizga arzonlashdi. Bunga sabab so`mga nisbatan shveytsariya franki kursining pasayishi, shuningdek, bir qator yo`nalishlar bo`yicha bazoviy tariflarga nisbatan indeksasiya koeffientlarining kamaytirilganligi natijasida narxlarda pasayish holatlari kuzatilgan.

O`tgan oyda samolyot chiptalarining narxlari o`rtacha 3,0 foizga arzonlashdi.

04.jpg

Bu so`mga nisbatan evro kursining pasayishi oqibatida vujudga keldi.

    Boshqa yangiliklar