Toshkent viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa sohaviy xizmatlar va keng jamoatchilik vakillari yordamida joriy yil 2 iyun kuni "Avtopatrul" profilaktik tadbiri o`tkazildi.
Tadbirlar davomida 1500 dan ziyod qoidabuzarliklar aniqlanib, ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, deb xabar bermoqda O`zA.
Butun dunyo musulmonlari uchun, shu jumladan, mamlakatimizda alohida qadrli, muqaddas sanalgan ramazon oyida, ayniqsa, haydovchilarning spirtli ichimlik iste`mol qilib, boshqaruvga o`tirgani achinarlidir. 2 iyun, ro`zaning 17-kunida o`tkazilgan bir kunlik tadbir davomida Toshkent viloyatida 96 nafar mast haydovchi aniqlandi. Ularning 47 nafari velosipedda bo`lgan. 59 holatda tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarayotgan fuqarolar to`xtalib, qoidabuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko`rilgan. 90 dan ortiq avtomashinalar viloyat hududidagi vaqtinchalik jarima maydonlariga qo`yilgan.






