AsosiyJamiyat

Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqidagi xabar yolg`on

'Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqidagi xabar yolg`on'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda, norasmiy axborot sahifalarida Anvar qori Tursunovning vafot etganliklari haqida mutlaqo asossiz va yolg`on xabar tarqatildi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi ma`lum qiladiki, ayni damda ustoz Anvar qori Tursunov hayotlar.

"Ma`lumki, ustozimiz bundan bir necha kun oldin insult kasali bilan shifoxonaga yotqizilgan edilar. Hozirda shifoxonda muolaja olishda davom etmoqdalar. Aziz yurtdoshlarimizga tarqatilayotgan xabarlarga tekshirmasdan ishonib ketavermasliklarini iltimos qilamiz. Ustozimizga bu muborak kunlarda Alloh taolodan mukammal shifo so`rab qolamiz. Duolaringizdan umidvormiz", - deyilgan vakillik xabarida.

    Boshqa yangiliklar