O`zbekiston dunyo mamlakatlari ichida odamlar yashashi uchun qulay hududlar ichida 53-o`rinni egalladi. Mazkur tadqiqot yakunlari haqida Vivid Maps internet manbasi xabar berdi, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.
Ma`lumotlarni olishda Amerikaning Maxnet( zamonaviy odam uchun qulay atrof muhit entropiyasini modellashtirish bo`yicha) ilmiy tizimi olimlari tahlillaridan foydalanildi.
U aholi turar joylarining hozirgi kundagi joylashuviga asoslanadi.
Tadqiqot uchun 10 mingdan 100 ming kishigacha yashaydigan shaharlar tanlab olindi va atrof muhitni potensial mos keladigan taqsimlanishini modellashtirish uchun 19 ta bioiqlim o`zgarishidan foydalanildi.
Shu asosda qilingan xulosalarga ko`ra, birinchi o`rin Braziliyaga nasib etdi. AQSh, Xitoy, Rossiya, Avstraliya keyingi o`rinlardan joy oldi.






